Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 3-04-2023, 11:55

Navro'z bayrami

Tuproqni uyg‘otib maysa cho‘zdi bo‘y, Tabiat kelindek bunchalar xushro‘y, Bahor kunlarida har bir kuning to‘y, Xalqim, bu kun senga Navro‘z muborak!
      Aziz yurtimizga fasllar kelinchagi – bahor kirib keldi. Ona zamin uyg‘onmoqda, barchamiz intizor bo‘lib kutayotgan Navro‘z bayrami – yasharish va yashnash fasli kirib kelmoqda. Dalalaru bog‘larda ishlar qizigan, dehqonlar kuzda ishlov berib tayyor holga keltirilgan dalalarga sara urug‘ ekish bilan ovora bo‘lsa, bog‘larda bog‘bonlar meva ko‘chatlariga shakl berish va yangi ko‘chatlarni maydonlarga o‘tqazib yangi bog‘lar yaratish bilan mashg‘ul.
      Shahar va qishloqlarimizda obodonlashtirish ishlari umumxalq hasharlari tashkil qilinib, ko‘cha va xiyobonlarimiz, xovli joylarimiz, masjidu qabristonlarimiz pokizaligi va obodonligi yo‘lida keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda.
      Navro‘z bayrami oldidan bunday xayrli ishlar olib borish xalqimizda an’anaga aylanib ketgan.
Biz nishonlayotgan bu Navro‘z bayramining din yoki e’tiqodga daxli yo‘q, balki milliy bayramimiz bo‘lib, qish faslidan chiqib, bahor ayyomiga salomat yetganimiz, yerga urug‘ qadaydigan vaqt yetgani munosabati bilan dehqonlarning bahor bayrami sifatida nishonlaydigan mavsumiy bir tadbiri hisoblanadi.
Mir Alisher Navoiy xazratlari ham o‘z asarlarida: “Har tuning “Qadr” o‘lubon, har kuning o‘lsun “Navro‘z” – deb bu kunni alohida yod etganlar. Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatimizda turli sayillar, tomoshalar, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda, shu qatorida bizning maktabimizda ham bayram tadbiri o'tkazildi. Maktabimiz faxriy o'qituvchilari bayram tabrigi bilan so'zga chiqdi.
     Bayram ko'tarinki ruxda o'tdi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz keksalar, nogironlar, mehrga muhtoj kishilar holidan xabar olindi. Ularni bayram bilan qutlab, turli sovg‘alar, xayr – ehsonlar taqdim etish xalqimizning go‘zal an’analaridandir. Milliy bayramimiz bo‘lmish Navro‘zi olamni munosib ko‘tarinki ruxda o‘tkazishni barcha yurtdoshlarimizga tilab qolamiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp49-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Август 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili